TATAR SHILVISI

TATAR SHILVISI (Lonicera tatarica L.) o‘rtacha buta yoki kichik daraxt. Tanasi va shoxlarining po‘stlog‘i kulrang, po‘st tashlab turadi. Sharsimon, qizil rangli rezavor mevalari juft-juft bo‘lib, yarmigacha o‘zaro qo‘shilib o‘sadi. Ular iyul oyida yetiladi, ta’mi achchiq bo‘ladi, lekin uni qushlar iste’mol qiladi. Mevasining ichida yassi shakldagi urug‘i bo‘ladi. Urug‘i bahorda sepilsa, bir necha kundan keyin unib chiqadi. Manzarali buta sifatida ekiladi.  Uning erta bahorda chiroyli gullashi, yozda rezavor mevalarinnng rangdorligi, yer tanlamay har xil joyda o‘sa olishi, qurg‘oqchilikka chidamliligi o‘rmon xo‘jaligida va o‘rmon melioratsiyasi ishlarida undan keng foydalanishga imkon beradi.

Prev Article

TANLAB KЕSISH

Next Article

TEMIR DARAXTLAR