TАLIPOV XODJIMUROT MIRАZIMOVICH 1954-yilning 8-avgustida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1976-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutining O‘rmon xo‘jaligi fakulьtetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini butunittifoq “O‘zo‘rmontuzish” loyiha korxonasida injener-taksator vazifasida boshlagan. 1979-1990-yillarda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida (Vazirligida) yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis lavozimlarida 1991-2004 va 2009-2019-yillarda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida O‘rmonzorlarni qayta tiklash va ko‘paytirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida 25 yil ishlagan. 2020-2023-yillarda dastlab Qo‘mitaning cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish boshqarmasida boshliq o‘rinbosari 2023 yildan hozirgi kungacha O‘rmonzorlarni barpo etish va qayta tiklashni monitoring qilish boshqarmasida bosh mutaxassis lavozimlarida ishlab kelmoqda. Shu jumladan 2005-2009-yillarda O‘zbekiston fanlar akademiyasining Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida YuNEP GEFning Markaziy Osiyoda “Аgrobioxilma-xillikni (Mevali daraxtlar va ularning yovvoyi ajdodlarini) In situ|On farm sharoitida saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha xalqaro loyihasining O‘zbekiston komponenti bo‘yicha milliy koordinatori (menedjeri) bo‘lib boshqardi.
1982-1985-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Botanika bog‘i aspiranturasida sirtdan o‘qidi va 1990-yilda “O‘zbekistonning tog‘lik tumanlariga ignabargli daraxtlarni kiritish natijalari” mavzusida biologiya fanlari nomzodligi bo‘yicha dissertatsiya ishini himoya qildi. O‘rmon xo‘jaligi tizimidagi umumiy mehnat staji 54 yil. Ilmiy faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan.
2019-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” (guvohnoma 0317), 2021-yilda Respublika Nuroniy jamg‘armasi tomonidan 2 darajali “Mehnat fahriysi” va 2022 yilda “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi fidoyisi (guvohnoma 27) ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
TALIPOV XODJIMUROT MIRАZIMOVICH