TURANG'A

TURANG‘A (Populus diversifolia Schrenk) bo‘yi 15-18 m ga, tanasining diametri 80-90 sm ga yetadigan daraxt, tanasi tik yoki qiyshiqroq o‘sadi. Bu terak asosan urug‘dan ko‘payadi, ildizdan yaxshi bachkilaydi, qalamchadan ko‘paytirish juda qiyin. Turang‘i Qozog‘istonda daryo bo‘ylarida, jumladan, Ural, Irtish, Sirdaryo, Amudaryo daryolari bo‘yida, vodiylardagi to‘qay o‘rmonlarida tarqalgan, Xitoyning g‘arbida ham uchraydi. Daryo qirg‘oqlaridagi qumli va qumoq tuproqli yerlarda turang‘i yaxshi o‘sadi. Sho‘rtob yerlarni ko‘kalamzorlashtirishda turang‘i katta ahamiyatga ega. Manba: Флора Узбекистана. 1962.

Next Article

TURANG'IL