TUK KOSACHALI ASTRAGAL (Astragalus lasiocalyx Gontsch.) - G‘arbiy Tyan-Shandagi kamyob endemik tur. Bo‘yi 8-15 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. May oyida gullab, mevasi iyulda pishadi. Toshkent viloyatining Piskom, Ugom, Maydontol va Chotqol tizmalarida tarqalgan. Qozog‘istonda ham uchraydi. Tog‘ning o‘rta qismidagi shag‘alli-mayda tuproqli toshli yonbag‘irlar va surilmalarda o‘sadi. Tabiatda juda kam uchraydi. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari aniqlanmagan. Madaniylashtirilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i hududidagi populyatsiyalari muhofaza ostiga olingan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
TUK KOSACHALI ASTRAGAL