TUKSIZ KARIYA (Carya glabra Sweet.). Bu daraxtning bo‘yi 30 m ga yetadi. Shox-shabbasi oval shaklda, shoxlari osilib o‘sadi. Barglari toq patsimon bo‘lib, mag‘zi yeyiladi, ayrim daraxtlarniki achchiq ta’mli, shuning uchun yeb bo‘lmaydi, sovuqqa chidamsiz, tuproq tanlamaydi. Yog‘ochi qattiq, sifatli, shu xususiyati bilan boshqa turlaridan farq qiladi. Bu kariya Shimoliy Amerikaning janubi-sharqiy shtatlarida daryolar vodiysida tarqalgan. Manba: Dendrologiya. 2012.
TUKSIZ KARIYA