TIK QOMATLI QAYRAG‘OCH (Ulmus procera Sabisb.) daraxt bo‘lib, bo‘yi 15-16 m ga, diametri 60-70 sm ga yetadi. Tanasi sershox bo‘lib, sharsimon shox-shabba hosil qiladi. Novdalari qo‘ng‘ir qizil, xira rangda, ayrim shakllarida qizil-sarg‘ish rangda. Yosh davrida po‘stlog‘i silliq yoki g‘adir-budir. Novdasi ingichka, kalta bo‘lib, mayda kurtaklari ko‘p, masalan, bo‘yi 5 sm novdasida 7-8 ta kurtak bo‘lishi mumkin. Barglari oddiy tuzilgan, keng lantsetsimon, yon tomonlari notekis, o‘tkir uchli. Bu qayrag‘ochning yog‘ochi sarg‘ish, qattiq, og‘ir, o‘zagi qo‘ng‘ir rangda. U asosan Yevropada o‘sadi, uning har xil shox-shabbali shakllari bo‘lib, Markaziy Osiyo respublikalarida ko‘p ekiladi. Bu qayrag‘och turi qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamli, uni ko‘cha va parklarga ekish tavsiya etiladi.
TIK QOMATLI QAYRAG'OCH