TAKSODIYDOSHLAR

TAKSODIYDOSHLAR (Taxodiaceae) oilasi tarkibidagi turlar baland bo‘yli daraxtlar bo‘lib, ignabarglari ninasimon yoki tangachasimon ko‘rinishda bo‘ladi. Tanasida yillik halqalar yaxshi ko‘rinib turadi. Oilaning vakillari ikki uyli, ayrim jinsli. Erkak qubbalari  mayda bo‘lib, novdasining uchida yoki qo‘ltig‘ida joylashadi. Changi sharsimon, havo pufakchalari yo‘q. Urg‘ochi qubbalari ham mayda bo‘lib, novdaning uchida joylashadi. Bu oilaning 9 ta turkumi bo‘lib, ular tarkibida 15 tur bor. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

TAKSODI

Next Article

TAKSON