SHAMOL - o‘simliklarni suv bug‘latishiga mexanikaviy ta’sir ko‘rsatadi. CO2 gazini atmosferada teng taqsimlanishini ta’minlaydi. Ma’lumki, ko‘p o‘simliklar, jumladan daraxt-butalar ham shamol yordamida changlanadi, meva va urug‘lari bo‘lsa ona o‘simlikdan uzoq masofalarga uchib tarqalishiga moslashgan, ya’ni ularda uchuvchi qanotchalari mavjuddir. Shamol o‘simliklarning suv bug‘latish jarayonini tezlashtiradi, agar shamol oqimi qanchalik quruq bo‘lsa, suv shunchalik tez bug‘lanadi. Bu holat o‘simlik so‘lib qolishiga hattoki qurishiga olib keladi. Shamol oqimida namlik miqdori ko‘p bo‘lsa, o‘simliklardan suv bug‘lanishi normal kechadi va o‘simlik rivojlanishiga ta’sir etmaydi.
SHAMOL