SARIQTOL

SARIQTOL (Salix daphnoides Vill.) bo‘yi 15 m ga yetadi, qiyshiq tanali po‘stlog‘i bo‘yiga yorilgan, qoramtir rangda. Barg yozishdan oldin gullaydi. Bu tolning po‘stlog‘ida 6-12% tannin moddasi bor, novdasidan savat to‘qiladi. Qumda va qumoq tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. Qalamchadan ko‘paytirish mumkin. Asosan g‘arbiy Yevropadagi tog‘larda tarqalgan.

Prev Article

SARIQQAYRAG'OCH

Next Article

SARV