SIBIR QORAQARAG‘AYI (Picea obovata Ledeb.) oddiy qoraqarag‘aydan kichikroq daraxt bo‘lib, bo‘yi 30 m ga yaqin. Asosan urug‘idan ko‘payadi. Urug‘i 3-4 yilgacha unuvchanlik xususiyatini saqlaydi. Turning bir nechta geografik populyatsiyasi bor. Baykal ko‘lining sharqiy qismida tarqalgan qoraqarag‘ayning barglari yassi bo‘lib, smola yo‘llari yirik. Oltoy va Sayan tog‘larida yer bag‘irlab o‘suvchi stlantik va baland tog‘larda (1800 m) botqoq tuproqli yerlarda tarqalgan, barglari zangori rangdagi shakllari ham uchraydi. Sibir qoraqarag‘ayi G‘arbiy Sibirda, Oltoy o‘lkasida, Sayan tog‘ida keng tarqalgan. Uzoq Sharqda, Manjuriya o‘rmonlarida, Uralda ham o‘sadi. U tilog‘och, qarag‘ay, zarang, tog‘terak bilan birga ham o‘sadi. Bu qarag‘ay turi tog‘li o‘rmon xo‘jaliklariga o‘stirish uchun tavsiya etiladi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.
SIBIR QORAQARAG'AYI