SIBIR TILOG'OCHI

SIBIR TILOG‘OCHI (Larix sibirica Ldb.) chiroyli katta daraxt. Uning bo‘yi 30-45 m, diametri 1,8 m bo‘lib, shox-shabbasi tuxumsimon shaklda, katta yoshida yoyilib o‘sadi. Kurtaklari yarim sharsimon, sarg‘ish yoki qo‘ng‘ir-qizil rangda. Barglari mayin, ingichka, yashil bo‘lib, bir yoz mavsumidan keyin to‘kiladi. Urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Urug‘i 3-4 yilgacha unib chiqish xususiyatiga ega bo‘ladi. Nihollarda barglar birinchi yili bittadan bo‘lib, spiral shaklda joylashadi. Bu barglar kuzda sarg‘ayib, qisman to‘kiladi, yuqorigi barglari esa kuzda qo‘ng‘ir rangga kirib to‘kilmaydi, qish davomida saqlanadi. Sibir tilog‘ochi tez o‘sadi, 15 yoshida hosilga kiradi. U 1000 yilgacha yashaydi. Sovuqqa ham, issiqqa ham chidamli daraxt. Har hil tuproqli yerlarda o‘sa oladi. Yillik halqa yaxshi ko‘rinadi. Sibir tilog‘ochi Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasida va Chotqol tog‘-o‘rmon meliorativ tajriba stansiyasida o‘stirilmoqda. Ular hosilga kirgan. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.