SAKSOVUL (Haloxylon) sho‘radoshlar (Chenopodiaceae) oilasiga kiruvchi o‘simlikdir. Uning o‘sish areali cho‘llar va yarimcho‘llar chegarasi bilan bog‘liq. Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda saksovul o‘rmonlarining umumiy maydoni 20 mln gektarga yetadi. Shu maydonlarning deyarli yarmi Qozog‘istonga, Turkmaniston va O‘zbekistonga esa har biriga chorak qismidan to‘g‘ri keladi. Turkmanistonda saksovulzor o‘rmonlarning o‘rmon bilan qoplangan maydonlari 94,1% egallaydi, O‘zbekistonda esa 64% ga teng. Yog‘och zahiralari bo‘yicha saksovulzorlar archazorlardan keyingi o‘rinda turadi. Saksovul mart-aprel oylarida 5-7 kun davomida gullaydi. Gullab bo‘lganidan keyingi jazirama yoz issig‘ida meva tugunchalari hosil bo‘lmaydi, faqat sentabr oyiga kelib mevalar shakllanadi. Oktabrda mevalari yetilib, to‘kilib tushadi. O‘simlik yangilanishi faqat urug‘lardan emas, balki vegetativ qismlari to‘nka, ildiz bachkilaridan ham amalga oshadi. Manba: Dendrologiya. 2012.
SAKSOVUL