SAUR ARCHA (Juniperus semiglobosa Rgl.) bo‘yi 10 m, diametri 0,6 m ga yaqin daraxt. Po‘stlog‘i och qo‘ng‘ir rangda. Novdalari osilib o‘sadi va yarimshar shaklli shox-shabba hosil qiladi. Saur archasi urug‘idan ko‘payadi. Dastlabki yillarda sekin, so‘ng tez o‘sadi. Bu archa ko‘pincha zarafshon archasi bilan birga o‘sib, katta-katta archazorlar hosil qiladi. U dengiz sathidan 1500-2500 m gacha baland bo‘lgan yerlarda o‘sadi. Unumdor tuproqli yerlarni hamda nam havoni xush ko‘radi. Ayrim xillarining yog‘ochi qizg‘ish va sersmola bo‘ladi. Markaziy Osiyo respublikalarida bu archa Pomir-Oloy va G‘arbiy hamda Markaziy Tyan-Shanda tarqalgan. O‘zbekistonning tog‘li hududlardagi aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirishda undan foydalanish mumkin. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.
SAUR ARCHA