SILLIQ QAYRAG'OCH

SILLIQ QAYRAG‘OCH (Ulmus laevis Pall.) katta daraxt, bo‘yi 35 m ga, diametri 1 m ga yetadi. Qayrag‘och o‘rmon yoki o‘rmon-dasht zonasida yaproqli yoki ignabargli, hamda keng bargli aralash o‘rmonlarda o‘sadi. Bu qayrag‘och sovuqqa chidamli bo‘ladi, soyasevar daraxtlar orasida ikkinchi yarusda o‘sadi. Nam va unumdor yerlarni xohlaydi, zamburug‘ kasalligi bilan zararlanadi. Yog‘ochi o‘zakli, qattiq egiluvchan, qo‘ng‘ir kulrang, o‘zagining tevaragi tiniq sariq rangda bo‘ladi. Qayrag‘och yaxshi soya beradigan chiroyli shox-shabbasi bilan diqqatni jalb etadi. U parklarda ko‘p ekiladi. Unumdor yerlarda juda katta bo‘lib o‘sadi. Issiqqa, qurg‘oqchilikka chidamli. Bu qayrag‘och ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ilgaridan ekilib kelinadi. Respublikamizda issiq va quruq iqlimga chidamli bo‘lganligi uchun yuqori baholanadi. Manba: Флора Узбекистана. 1962.

Prev Article

SIBIR TILOG'OCHI

Next Article

SIMPODIAL O'SISH