SARV (Cupressus L.) daraxti O‘rta yer dengizi, Himolay, Xitoy, Yaponiya va Amerikada tarqalgan. Ignabarglari novdalariga yondoshgan, qipiqsimon, qarama-qarshi. Qubbasi deyarli dumaloq bo‘lib, rivojlanib chiqqanidan so‘ng ikkinchi yili yetiladi. Bu o‘simlikning, ayniqsa piramidasimon yashil turi mashhurdir. MDH da, Qrim, Kavkazda manzarali o‘simlik sifatida keng ekiladi. Bo‘yi 30 metr, tana diametri 50-60 sm ga yetadi. 4-6 yoshida urug‘ beradi. 1000-1500 yilgacha yashaydi. Toshkentga sarv daraxti introduksiya qilingan. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.
SARV