SAVAT TOLI (Salix viminalis L.) buta bo‘lib, barg chiqarishdan oldin yoki bir vaqtda gullaydi. Bu tol Rossiyaning o‘rmon-tundradan cho‘l zonasigacha tarqalgan. O‘rta va g‘arbiy Yevropada, Xitoyda, Mongoliyada va Hindistonda uchraydi. U daryo bo‘ylarida, orollarda o‘sib, qalin o‘rmon hosil qiladi. Uning novdasidan eng yaxshi savat to‘qiladi. Po‘stlog‘ida 6-15 % tannin moddasi bor. Madaniy holda ko‘plab ekiladi.
SAVAT TOLI