ROZАNOV KOVULI (Capparis rosanowiana B.Fedtsch.) Janubiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 1 m ga yetadigan serpoya va sertikan ko‘p yillik o‘t. Poyasi yer bag‘irlab o‘sadi. May-iyun oylarida gullab, mevasi iyul-avgustda yetiladi. Surxondaryo viloyati, faqat Bobotog‘da o‘sadi. Аsosan, Janubiy Tojikistonda tarqalgan. Mavjud gerbariylarga qaraganda, bu tur ilgari Oqtog‘ va Xo‘jaqozisida ham o‘sgan. Ochilib qolgan ola jinslarda, baʼzan ohaktoshlarda va nuragan qum toshlarda o‘sadi. Tabiatda onda-sonda yakka yakka holda uchraydi. Urug‘idan ko‘payadi. Bu turning kamayishiga u o‘sadigan yerlarning har xil maqsadlar uchun o‘zlashtirilishi sabab bo‘lmoqda. O‘zR FА Botanika bog‘ida ekib o‘stirish uchun qilingan harakat natija bermagan. Muhofaza qilinmaydi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
ROZАNOV KOVULI