QANDLI ZARANG

QANDLI ZARANG (Acer saccharum March.) ning bo‘yi 40 m, diametri, 1,5 m ga yetadi. Bu zarang urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Ildiz sistemasi yer yuziga yaqin joylashadi. Soyasevar daraxt. U 300 yilgacha yashaydi. Yog‘ochi juda qattiq va pishiq bo‘ladi. Undan shirin suyuqlik olinadi, uning tarkibida qandning miqdori 6% ga yetadi. Bitta yirik daraxtdan mavsumda o‘rtacha 1 kg, maksimal 3 kg qand olish mumkin. Buning uchun erta bahorda daraxtning tanasini teshib naycha o‘rnatiladi va shirasi yig‘ib olinadi. Har xil konfet va konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda undan foydalaniladi.  Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.


 

Next Article

QARAG'AN