QUSHJIYDA

QUSHJIYDA (Elaeagnus angustifolia L.) balandligi 8 metrgacha bo‘lgan kichik daraxt bo‘lib, Markaziy Osiyoda keng tarqalgan daraxt hisoblanadi. Qushjiyda tuproq tanlamasligi, sho‘r yerlarda o‘sishga moslashganligi uchun o‘rmon meliorastiyasida qadrlanadi. Hozirda Mirzacho‘lda sho‘rlangan yerlarda keng ekilmoqda. Issiqqa, qurg‘oqchilikka chidamli, eng asosiy boshqa daraxt turlari o‘sa olmaydigan sho‘rxok tuproqlarda bemalol o‘sadi. Urug‘idan, qalamchalar orqali ko‘paytiriladi, to‘nkasidan bachkilar hosil qilib tez o‘sadi va 60-80 yilgacha yashaydi. Ihotazorlar barpo etishda keng foydalaniladi. Manba: Флора Узбекистана. 1962.