QATRANG'I

QATRANG‘I (Celtis) turkumining vakillari daraxt o‘simliklaridir, bo‘yi 15 m ga yetadi. Bu daraxt barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi. Mevasi sentabr-oktabr oyida yetiladi. Qatrang‘i tog‘ qiyaliklarida, ochiq yerlarda tarqalgan. U yorug‘sevar, qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lib, har xil tuproqda, ayniqsa nam va ohakli yerda yaxshi o‘sadi. Bachkilar va parxish yo‘li bilan ham ko‘payadi. Mevasi yeyiladi, urug‘idan moy olinadi. Qatrang‘i joylarni ko‘kalamzorlashtirish va o‘rmonlarni yangilash maqsadida ekiladi. Turkumning 70 ga yaqin turi bor. Manba: Флора Узбекистана. 1962.

English

HACKBERRY

Русский

КАРКАС

Deutsch

ZIRGELBAUM

Prev Article

QARISH DAVRI

Next Article

QAYIN