QAYRАG'OCH

QАYRАG‘OCH (Ulmus) turkumining vakillari daraxt, baʼzan buta, po‘stlog‘i chuqur yorilgan, qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, ayrim turlarida u ajralib to‘kilib turadi. Barg yozishdan oldin gullaydi, shamol vositasida changlanadi.  Mevasi may yoki iyun oyining boshlarida yetiladi. Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, dastlabki vaqtlarda yaxshi rivojlanmay, so‘ng rivojlanib, yerga juda chuqur kiradi va baquvvat ildiz sistemasi hosil qiladi. Bular to‘nkasidan yaxshi ko‘karadi. Qayrag‘ochning turlari Kavkaz va Qrimning o‘rmon va o‘rmondasht zonalarida tarqalgan. Аyrim turlari vodiylarda, unumdor tuproqli yerlarda o‘sadi. Qurg‘oqchilikka chidamli. MDH ning Yevropa qismidagi cho‘llarda, dasht zonasida ham ko‘p ekilgan. Katta yoshga kirgach, sekin o‘sa boshlaydi, kasallanadi va tez qurib qoladi. Manba: Флора Узбекистана. 1962.

English

ELM

Русский

ВЯЗ

Deutsch

ULMEN