QANDIM YOKI JUZG’UN (Calligonum L.) turkumi 100 dan ortiq turlarni birlashtiradi. Bularning aksariyati (ko‘p qismi) geologik jihatidan yosh qumli cho‘llarda o‘sadi. Аynan Markaziy Osiyoda (90 turga yaqini), Kavkazda hamda g‘arbiy Sibirda uchraydi. Qandimdan ko‘chma qumlarni to‘xtatishda foydalaniladi. Qandim o‘rta hisobda 25 yil yashaydi. Urug‘idan, qalamcha va ko‘chatlaridan ko‘payadi. Ildiz bachkilaridan ham yaxshi o‘sib chiqadi. To‘nkalarining 98,5-100% da bachkilar paydo bo‘ladi. Yog‘ochi kovlab olinganida ko‘plab bachki tomirlari vujudga keladi. Markaziy Osiyoning o‘rmon xo‘jaligi va o‘rmon meliorativ ishlarida uning qimmatli turlaridan foydalaniladi. Manba: Флора Узбекистана. 1962.
QANDIM YOKI JUZG’UN