QORA YONG‘OQ (Juglans nigra L.) ning bo‘yi 45-50 m, diametri 1,5-2 m. Tanasi tik o‘sadi. Urug‘i och-sariq rangda, urug‘pallasi qalin va moyli bo‘lib, iste’mol qilinadi. Bu yong‘oq tez o‘sadi, to‘nkasidan ko‘karadi. U MDH da ko‘p yerlarda ekiladi, tez o‘sadi. Sovuqqa chidamli. Toshkentda tez o‘sadi. Qora yong‘oq yorug‘sevar, tuproq tanlaydigan daraxt. U daryo bo‘ylaridagi nam tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. U Manjuriya yong‘og‘iga nisbatan qurg‘oqchilikka chidamli, 250 yil yashashi mumkin. Yog‘ochi qattiq, to‘q jigar rangda bo‘lib, u tezda chirimaydi. Mevasi moyli va hidli, yupqa po‘stli navlari ham bor. Qora yong‘oq yog‘och tayyorlash uchun hamda xushmanzara daraxt sifatida ekiladi. Manba: Dendrologiya. 2012.
QORA YONG'OQ