QANDAG'OCH

QANDAG‘OCH (Alnus Mill.) turkumining vakillari daraxt yoki buta o‘simliklaridir. Shamol vositasida changlanadi. Urg‘ochi gulining boshog‘i kuzda, yetilish oldidan qubbacha shakliga kiradi va shu holatda yetilgan mevalari bilan bahorgacha saqlanadi. Mart-aprel oyi boshlarida qubbachalar yorilib mevasi to‘kilib ketadi va ular shamol vositasida tarqaladi. Daraxt tez o‘sadi, birinchi yil o‘q ildiz, so‘ngra yon ildizlar chiqaradi. Ildizda tuganaklar hosil bo‘lib, ularda atmosfera azotini to‘plovchi bakteriyalar rivojlanadi. Ulardagi mikroorganizmlar yerni strukturasini yaxshilashda katta ahamiyatga ega. Po‘stlog‘idan esa bo‘yoq va oshlovchi moddalar olinadi. Bu turkumning 30 ta turi bor, ular shimoliy yarim sharda tarqalgan. MDH da yovvoyi holda 12 turi uchraydi. Manba: Dendrologiya. 2012.

English

ALDER

Русский

ОЛЬХА

Deutsch

ERLE