PATSIMON ASTRAGAL

PATSIMON ASTRAGAL (Astragalus plumatus Boriss.) Pomir-Oloyning g‘arbiy tarmoqlari va Janubi-g‘arbiy Qizilqumiing kamyob endemik turi. Aprel-may oylarida gullab, mevasi iyul-iyunda yetiladi. Navoiy, Buxoro viloyatlari, Qizilqumning - Konimex shahri atrofida, Pomir-Oloyda, Zirabuloq-Ziyovuddin va Nurota tog‘larida (Qoratog‘ tizmasi) tarqalgan. Tog‘ yonbag‘irlarida, adirlarda yuzaga chiqib qolgan qumtoshli tuproqlarda o‘sadi. Yakka-yakka yoki uncha katta bo‘lmagan to‘plar hosil qilib o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi.  2016.

Prev Article

PASTAK BUTALAR

Next Article

PECHAKGUL