OQ QAYIN

OQ QAYIN (Betula pendula Roth.) birinchi kattalikdagi daraxt bo‘yi 24-28 metrgacha o‘sadi. Аsosiy tanasi oq rangda bo‘lib juda manzarali ko‘rinishga ega. Oq qayin nihollari birinchi yillari juda sekin o‘sishi bilan ajralib turadi. 50 yoshlarida 25 m balandlikka o‘sib, 24 sm diametrga ega bo‘ladi. Oq qayin erta hosilga kiradi, ochiq yerlarda 10-15 yoshlarida, qayinzor o‘rmonida 20-30 yoshlarida hosilga kiradi. Bu qayin turi Rossiya o‘rmonlarida keng tarqalgan daraxt turi hisoblanadi. Ko‘kalamzorlashtirishda ahamiyati juda yuqori oq tanasi va chiroyli barglari manzarali hisoblanadi. Daraxt tanasidan qayin sharbati olinadi. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

OQ QANDIM

Next Article

OQ TOL