ODDIY QARAG‘AY (Pinus sylvestris L.) bo‘yi 30-40 m, diametri 1 m bo‘lgan daraxt. Qulay sharoitlarda 600 yilgacha yashaydi. Daraxt doira shaklida siyrak shox-shabba hosil qiladi. Qarag‘ayzorlarda pastki shoxlari qurib, to‘kilib ketadi. Voyaga yetgan qarag‘ayning shox-shabbasi tuxumsimon bo‘ladi. Qarag‘ay bahorda o‘sa boshlab, ikki xil novda chiqaradi. Ulardan biri uzun bo‘lib, qo‘ng‘ir rang tangachalar bilan qoplangan, ikkinchisi tanga bo‘lib, uchidan bir juft ignabarg chiqaradi. Ignabarglarida smola va efir moylari bor. Ular daraxtning sovuqqa chidamligini oshiradi. Oddiy qarag‘ay faqat urug‘idan ko‘payadi. Qarag‘ay 10 yoshidan 40 yoshigacha tez o‘sadi. Uning po‘stlog‘ida oshlovchi va gumin moddalar bor. Bargida С vitamini bor. Qarag‘ay havoni turli mikroblardan tozalaydigan fitonsid modda chiqarib turadi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.
ODDIY QARAG'AY