OLXO'RI

OLXO‘RI (Prunus) Markaziy Osiyo va Kavkazda keng tarqalgan mevali daraxt turlaridan biri  va madaniy olxo‘ri navlarining yovvoyi ajdodi hisoblanadi. Dengiz sathidan 800-2200 metr balandliklarda alohida bo‘lib, ko‘pincha yong‘oqzor, archazor o‘rmonlarida aralashib o‘sadi. Erta gullaydi. Olxo‘ri mevalari mazasiga ko‘ra ham turli-tumandir, tabiatda mevasini rangi, o‘lchamlari va mazasiga ko‘ra seleksiya uchun qiziqarli bo‘lgan turlicha shakllari mavjud. Yorug‘sevar, shu bilan bir qatorda sovuqqa chidamli va qurg‘oqchil yerlarda ham bemalol o‘saveradi. Mevasi tarkibida A va C vitaminlari uchraydi. Urug‘idan oson ko‘paytiriladi. Olxo‘ri, o‘rik, bodom uchun payvandtag bo‘la oladi. Tog‘ yonbag‘irlarini o‘rmonlashtirishda juda istiqbolli daraxt turi hisoblanadi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.

English

PLUM

Русский

СЛИВА

Deutsch

PFLAUME