OLOY XIYOLI

OLOY XIYOLI (Physochlaina alaica Korotkova ex Kovalevsk.) Oloy va Turkiston tog‘lariga mansub juda kamyob endemik o‘simlik. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi. Farg‘ona viloyati, Oloy tizmasida, Shohimardon va So‘x daryolarining havzalarida uchraydi. Qirg‘iziston, Tojikistonda ham tarqalgan. Dengiz sathidan 1800-2000 m balandlikda qoyalarning soyalari, butazorlarning taglari, archazorlar va ochiq yerlarda o‘sadi. Juda siyrak tarqalgan. Turli yoshdagi o‘simliklarning umumiy soni 8000 tupdan oshmaydi. Urug‘idan ko‘payadi. Mahalliy aholi tomonidan dorivor o‘simlik sifatida ko‘plab ishlatilishi sababli kamayib ketgan. Tabiiy sharoitda ekib o‘stirilganda ijobiy natija bermagan. O‘zR FA Botanika bog‘ida 1973 yildan buyon o‘stirib kelinadi. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.  

Prev Article

OLMA QURTI

Next Article

OLTIXONA