ODDIY FORZITSIYA

ODDIY FORZITSIYA (Forsythia europaea Led.et.Bald.) bo‘yi 1,5-2 m ga yetadigan buta bo‘lib, novdalari tik o‘sadi. Barglari to‘q yashil. Erta bahorda barg yozishdan oldin gullaydi, guli sariq, bahor sovuqlariga chidamli. Bu buta mart-aprel oylarida gullaydi. Gullari uzoq saqlanadi. U soyaga chidamli, biroq ochiq yerlarda yaxshi o‘sadi. U qurg‘oqchilikka, turli zararkunanda va kasalliklarga chidamli. Ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

ODDIY FILADELFUS

Next Article

ODDIY GRAB