ODDIY QORAQARAG‘AY (Picea excelsa Link.) yirik daraxt bo‘lib, katta yoshida bo‘yi 40-45 m ga, diametri 1,5 m ga yetadi. Bu qoraqarag‘ay parxish yo‘li bilan ham ko‘payadi. U yosh vaqtida sovuqqa chidamsiz bo‘lib, ulg‘aygani sari chidamliligi orta boradi. Oddiy qoraqarag‘ay issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamsiz. U har turli tuproqli yerlarda o‘sa oladi. Qumli, qumoq va bo‘z tuproqli hamda qora tuproqli yerlarda juda yaxshi o‘sadi. Botqoq va zax tuproqlarda o‘smaydi. MDH da bu qoraqarag‘ay turi 70 million gektar maydonni egallaydi. Qoraqarag‘ayning yog‘ochi oq-sariq rangda bo‘ladi. Bargida C vitamini bor. Qoraqarag‘ay ihota o‘rmonlari sifatida temir yo‘llar bo‘ylab ekiladi. Havoning ifloslanishiga chidamsiz bo‘lganidan shaharlarda ekish tavsiya qilinmaydi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.
English
Русский
Deutsch
Prev Article