OLMA QURTI

OLMA QURTI - Markaziy Osiyoda urug‘li meva daraxtlarining, ayniqsa olma, qisman nok va behining asosiy zararkunandasidir. Olma va nok hosilining taxminan 50 foiziga olma qurti zarar yetkazadi. Har yili olma qurtining zararlashidan mevalarning tugunchalari va g‘o‘rmevalarning anchagina qismi to‘kilib ketadi. Olma qurti tushgan mevalar ko‘pincha, irib ketadi va ularni saqlab bo‘lmaydi. Olma qurti olma o‘sadigan joylarning deyarli hammasida mavjud, u butun Yevropada (shimoldan tashqari), Qrim, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Qozog‘iston, G‘arbiy Sibir, Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika, Avstraliya va Yangi Zelandiyada uchraydi. Manba: O‘rmon entomologiyasi. Toshkent. 2022.

Prev Article

OLMA BITI

Next Article

OLOY XIYOLI