OLTOY DO‘LANASI (Crataegus altaica Lange.) Ushbu do‘lana turi Oltoy, Tyan-Shan, Pomir-Oloy tog‘larida va MDH ning Yevropa qismida keng tarqalgan. Pomir-Oloyda 1500-3000 metr balandliklarda toshloq va qumloq yerlarda o‘sadi. Sof do‘lanazorlar tashkil etmaydi, aksincha archa, qayin, qatrang‘i turlari bilan aralash o‘sadi. O‘rmon melioratsiyasi uchun juda qimmatli daraxt turi. Butasimon daraxt, 5 metr balandlikka ega. Mevalari avgust-sentabrda yetiladi, sharsimon qirrali qahrabo olovrang, iste’mol uchun yaroqli. Mevasi unsimon, 3-5 ta urug‘danakchasi bor. Urug‘idan ko‘payadi. Do‘lananing halq xo‘jaligidagi ahamiyati katta, undan har xil maqsadlar uchun foydalanish mumkin. U aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirishda to‘da-to‘da yoki qator qilib ekiladi. Manba: Dendrologiya. 2015.
English
Русский
Deutsch
Prev Article