O'RMON XO'JALIGI INSTITUTI

O‘RMON XO‘JALIGI INSTITUTI - O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti — o‘rmonchilik sohasidagi yirik ilmiy markaz Toshkent shahrida joylashgan. Dastlab 1932 yilda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmanistondagi o‘rmon tajriba stansiyalari va tayanch punktlarini o‘z tarkibiga olgan O‘rta Osiyo o‘rmonchilik markaziy tajriba stansiyasi sifatida tashkil topgan. 1934 yildan O‘zbekiston fan qo‘mitasi agroo‘rmon melioratsiyasi va o‘rmon xo‘jaligi sektori, 1940 yildan O‘zbekiston agroo‘rmon melioratsiyasi va o‘rmon xo‘jaligi ilmiy tekshirish instituti, 1948 yildan O‘rta Osiyo o‘rmon xo‘jaligi ilmiy tekshirish instituti, 1992 yildan instituti tarkibida (2005): 3 ta ilmiy bo‘lim, 8 ta sektor va 2 ta guruh, laboratoriya, patent, ilmiy texnik ma’lumotlar bo‘limi va ilmiy kutubxona mavjud. 2005 yilda Respublika manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi ilmiy - ishlab chiqarish Markazi tashkil etilgan. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi».