O'RMON KO'CHATXONALARI

O‘RMON KO‘CHATXONALARI - mustaqil korxona yoki ixtisoslashtirilgan bo‘lim, hajmi va faoliyat muddatiga ko‘ra, o‘rmon ko‘chatxonalari vaqtincha va doimiyga bo‘linadi. Vaqtinchalik o‘rmon ko‘chatxonalari yaqin atrofdagi yoki borish qiyin bo‘lgan o‘rmonzorlarda o‘rmonlarni qayta tiklash yoki o‘rmonni ko‘paytirish uchun ko‘chat materiallarini yetishtirish uchun tashkil etiladi. Ko‘chat materiallarini uzoq vaqt davomida yetishtirish uchun doimiy o‘rmon ko‘chatxonalari tashkil etiladi. Maydoni bo‘yicha ularni kichik (5-10 gektar), o‘rta (10-20 gektar) va katta (20 gektardan ortiq) bo‘lish mumkin. Tayanch o‘rmon ko‘chatxonalari bir qancha xo‘jaliklarni ko‘chat materiallari bilan ta’minlaydigan, ko‘chat materiallarini yetishtirishda zamonaviy texnologiyalar va agrotexnik ishlarni kompleks mexanizatsiyalardan foydalanadigan, ko‘chat yetishtirishning ilg‘or tajribasi va ilg‘or texnologiyasini o‘rgangan va joriy yetishda xizmat qiladigan doimiy o‘rmon ko‘chatxonalari hisoblanadi. Manba: Ensiklopediya lesnogo xozyaystva. 2006.