O'RMON MASSIVI

O‘RMON MASSIVI - bir nechta o‘n gektar maydondan tashkil topadi, kichik o‘rmonlar - 0,2 gektar va undan ko‘proq maydonni egallaydi. O‘rmonlar ninabargli, yaproq bargli o‘simliklardan iborat bo‘lib, ularni ninabargli - yaproq bargli ekinlardan barpo etiladi. Tarkibiga ko‘ra, o‘rmonlar toza va aralash, shakliga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi. Massivlar va kichik o‘rmonlar daraxsimon, butasimon, hamda daraxt-butasimon ekinlardan yaratiladi. O‘rmon massivida daraxtlarni erkin holda joylashtirganda, baland bo‘ylilari markazda, pastroq bo‘ylilari chetki qatorda ekiladi. Manba: Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish. 2013.