O‘RMON FONDI — mamlakat hududidagi jami o‘rmonlar majmui. O‘zbekistonda o‘rmonlar davlat mulki — umummilliy boyligi bo‘lib, davlat tomonidan qo‘riqlanadi va yagona davlat O‘rmon fondi deb ataladi. Davlat O‘rmon fondi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan (davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari qaramog‘idagi o‘rmonlar) hamda boshqa idoralar va yuridik shaxslar foydalanadigan o‘rmonlarga bo‘linadi. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardagi daraxtlar to‘pto‘p daraxtlar, ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtzorlar va butalar; temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, kanallar va boshqalar suv obyektlari uchun ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlari; shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi to‘pto‘p daraxtzorlar, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar; tomorqalardagi va bog‘ uchastkalaridagi to‘pto‘p daraxtzorlar davlat O‘rmon fondi tarkibiga kirmaydi. Manba: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000.
English
Русский
Deutsch
Prev Article