O‘RMON OLMASI (Malus sylvestris Mill.) bo‘yi 8-10 m, sershox daraxt. Bu olma Yevropada aralash o‘rmonlarda o‘sadi. Yorug‘sevar, sovuqqa chidamli daraxt. U sekin o‘sadi, ildizidan bachkilaydi, to‘nkasidan ko‘karadi. Parxish va payvand yo‘li bilan ham ko‘paytirish mumkin. Urug‘dan ko‘paytirishda bahorda sepiladigan bo‘lsa, urug‘ini stratifikatsiya qilish zarur. Mevasi yeyiladi. Urug‘idan ko‘karib chiqqan nihollari payvandtag sifatida foydalaniladi. Yog‘ochi qattiq, pishiq bo‘lib, oson kesiladi va yaxshi silliqlanadi Aprel oyida gullaydi va hosil tugadi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.
English
Русский
Deutsch
Prev Article