O‘RIK TUNLAMI (Calymnia subtilis Stgr.) - o‘rik barglarini, yozilayotgan barg qurtaklarini va gul qurtaklarini, gul va mevalarni yeb qo‘yadi. Yosh qurtlar gulning ichki qismlariga zarar yetkazib to‘kib yuboradi. Kattaroq yoshdagi qurtlar mevalarga zarar yetkazib, sirtini chuqur va keng yara qilib qo‘yadi, u behiga ham zarar yetkazadi. O‘rik tunlami Markaziy Osiyoda uchraydi, Farg‘ona vodiysida, Shimoliy Tojikistonda, va O‘zbekistonning qo‘shni tumanlarida ayniqsa, ko‘p zarar yetkazadi. Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.
English
Русский
Deutsch