NUROTA LЕPIDOLOFASI

NUROTA LЕPIDOLOFASI (Lepidolopha nuratavica Krasch.) G‘arbiy Pomir-Oloydagi areali bo‘lingan kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 80-100 sm ga yetadigan asosidan shoxlanuvchi yarim buta. Iyun-iyul oylarida gullab, mevasi avgust-sentyabrda yetiladi. Jizzax, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari, Nurota va Ko‘hitang tizmalarida tarqalgan. Tog‘larning pastki va o‘rta qismidagi toshli va shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi. Tabiatda to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. Mahalliy aholi tomonidan o‘tin sifatida ko‘p miqdorda kesib olinishi va chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda. Surxon va Nurota qo‘riqxonalarida muhofaza qilinadi.  Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

NUROTA ASTRAGALI