NUROTA ASTRAGALI (Astragal nuratensis Popov) Nurota tizmasidagi kamyob endemik tur. Iyun oyida gullab, mevasi iyulda yetiladi. Samarqand va Navoiy viloyatlari, Nurota tog‘larining Oqtog‘ tizmasida tarqalgan. Tog‘lariing pastki va o‘rta qismidagi toshli yonbag‘irlarda, qoyalarda o‘sadi. Yakka-yakka holda uchraydi. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari aniqlanmagan. Madaniylashtirilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
NUROTA ASTRAGALI