NASHTARSIMON SЕRRATULA

NASHTARSIMON SЕRRATULA (Serratula lancifolia Zakirov) G‘arbiy Pomir-Oloydagi juda kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 20-30 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. Iyul-avgustda gullab, avgust oyida meva beradi. Samarqand va Jizzax viloyatlari, Molguzar va Zarafshon tizmalaridagi tarqalgan. Tog‘ning o‘rta qismidagi mayda jins tuproqlarda o‘sadi. Tabiatda soni aniqlanmagan. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari aniqlanmagan. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

NANIZM

Next Article

NEKROZ