NOVDALAR SHOXLANISHI - dixotomik, monopodial, simpodial va soxta dixotomik tipda bo‘ladi. O‘sish nuqtasi 2 qismga bo‘linib, shox ayri kabi ikki tomonga barobar ajraladi, bu kabi shoxlanish dixotomik shoxlanish deb ataladi. Urug‘li o‘simliklarda shoxlar kurtaklardan rivojlanadi, ba’zi daraxtlarda yon shoxlar bitta bo‘g‘imdan chiqib, doira shaklida joylashadi (qarag‘ay), ba’zilarida shoxlar tanani yuqorisiga ko‘tarilgani sari o‘sishi sustlashadi va oxir oqibatda shox-shabba konussimon shaklga ega bo‘lishi mumkin (oqqarag‘ay, qoraqarag‘ay). Ko‘pgina daraxtlarda novda birinchi yili o‘sib, so‘ng uchki kurtak o‘sishdan to‘xtaydi. Ikkinchi yili qo‘ltiq kurtak hosil bo‘ladi va uchki kurtakka nisbatan tez o‘sadi, natijada uni kuchsizlantiradi va har yili uchki kurtak avj olsa-da kuzda quriydi. Oqibatda yolg‘iz tana hosil bo‘lmasdan turli yoshdagi har xil tartibli qing‘ir-qiyshiq shoxlar vujudga keladi (qayin, qayrag‘och, tol, tog‘terak).
English
Русский
Deutsch
Prev Article