MALINA, XO‘JAG‘AT (Rubus L.) - ra’nodoshlar oilasiga mansub yarim buta. Yarim buta shaklidagi bu o‘simlikning yer osti ildiz sistemasi va ildizpoyalari ko‘p yillik, yer usti novdalari esa ikki yillikdir. Barglari toq, patsimon; novdalari ko‘pincha tikanli. Gullari ikki jinsli, oq, shingilsimon yoki qalqonsimon to‘pgullarga yig‘ilgan. Hosili qizil, sariq yoki binafsha rangda bo‘ladi.
MALINA, XO'JAG'AT