MUSHMULA

MUSHMULA (Mespilus) sershox va serbarg o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 3-6 m, diametri 20 sm ga yetadi. Mevasi ko‘p, sariq yoki qizg‘ish rangda, diametri 4 sm dan 7 sm gacha. Bu buta soyaga, qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamli. Unumdor, ayniqsa, ohakli yerlarda yaxshi o‘sadi. Undan chiroyli yashil to‘siq yaratish mumkin. Bargi po‘stlog‘i va xom mevalari tarkibida oshlovchi moddalar bor. Mevasi yirik bo‘lib, iste’mol qilinadi, tarkibida tishni qamashtiruvchi moddalar bo‘lib, ular ichak-oshqozon kasalliklariga foydali ta’sir etadi, ayniqsa oshqozonning yallig‘lanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Manba: Dendrologiya. 2012.

English

MEDLAR

Русский

МУШМУЛА

Deutsch

MISPEL

Prev Article

MURAKKAB BARG