MEVASI TUKLI TERAK

MEVASI TUKLI TERAK (Populus trichocarpa (Hook.) Torr.et.Gray.) bo‘yi 40-(60) m, diametri 0,5-2,5 m keladigan bir tanali daraxtdir. Tanasi qiyshiq o‘sadi. Yog‘ochi oq, yumshoq, o‘zagi jigar rangda. Bu terak qalamchadan yaxshi ko‘payadi, tez o‘sadi, qisqa muddat ichida ko‘p yog‘och mahsuloti olish mumkin. Juda manzarali daraxt. U AQSH va Kanadada daryo, ko‘l hamda Tinch okeani qirg‘oqlarida uchraydi. Shimoliy Amerikaning g‘arbiy qismida, Alyaskaning janubidan to Kaliforniyagacha tarqalgan, tog‘li mintaqalarda dengiz sathidan 1800 m balandlikgacha ko‘tariladi. U alohida va boshqa turdagi daraxtlar bilan birga o‘sadi va kichik o‘rmonzorlar  hosil qiladi. Manba: Manzarali Dendrologiya. 2012.

Prev Article

MEVA KUYASI

Next Article

MEZOFIT