MASSAGЕTOV ASTRAGALI (Astragalus massagetovii B.Fedtsch.) G‘arbiy Pomir-Oloyda uchraydigan kamyob endemik tur. Bo‘yi 15-30 sm butacha. Iyunda gullab, mevasi iyulda yetiladi. Surxondaryo viloyati, Boysun tog‘i va Hisor tog‘ tizmasida tarqalgan. Tog‘ning yuqori qismidagi toshli-shag‘alli va gipsli yonbag‘irlarda o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
English
Русский
Deutsch
Prev Article