LАNDSHАFT DIZАYNI - ijodiy faoliyat, sunʼiy muhitni shakllantirishga qaratilgan ko‘kalamzorni bezash, geoplastika, kichik arxitektura shakllari, dekorativ qoplash, vizual kommunikatsiya vositalaridan foydalanish. Bugun zamonaviy dizayn asosida qurilayotgan muhtasham landshaft dizayn ko‘rinishidagi obyektlar soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Innovatsion hay-tek ko‘rinishidagi binolar, ekopark, yashil hududlarni misol qilish mumkin. Manzarali daraxt va butalardan tashkil topgan bog‘-parklar, xiyobonlar, alleyalar, park va yashil daraxtzorlar, sunʼiy ko‘l, favvoralar, bulvarlarni va har bir hududda landshaft dizayn obyektlarini ko'rish mumkin. Manba: Manzarali bog‘dorchilik. 2021.
English
Русский
Deutsch
Prev Article