LANDSHAFT ARXITEKTURASINING GENEZISI

LANDSHAFT ARXITEKTURASINING GENEZISI - uning yer yuzida dastlab paydo bo‘lish shakllari, tarixiy ildizlari, sabablari, yuzaga kelishidagi obyektiv va subyektiv omillar tushuniladi. Landshaft arxitekturasining dastlabki ildizlari qadimgi bog‘dorchilikka borib taqaladi. Yer yuzida ilk shaharlarning yuzaga kelishi bilan bog‘dorchilikning mevali va manzarali turlari shakllanadi. Ular kishilik jamiyatining utilitar estetik, xo‘jalik va rekreatsion ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan. Bog‘dorchilikning rivojlanishi bilan jamiyatning rekreatsion ehtiyojlari asosida bog‘-parkchilik sanati ham yuzaga kelgan. Bog‘-parkchilikning ilk vatanlari Qadimgi Misr, Bobil, Eron, Qadimgi Yunoniston, Rim, Hindiston va Xitoy, ya'ni iqlimi jihatdan issiq, geografiyasi sersuv daryolarga boy, tropik va suptropik mintaqalar hisoblangan. Manba: Landshaft arxitekturasi. 2014. 

Prev Article

LAK DARAXT

Next Article

LANDSHАFT