KSEROFIT O‘SIMLIKLАR - guruhiga kiruvchi daraxt va buta o‘simliklar asosan quruq iqlimli, nam yetishmaydigan hududlarda o‘sishga moslashgan. Issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamli, osmotik bosimi kuchli, nam yetishmasligida uzoq vaqt so‘ligan holda nobud bo‘lmasdan saqlanadi. Ular aksariyatining barglarida tuklar bo‘lib, suvni kam bug‘latadi. Bu toifadagi o‘simliklarda qurg‘oqchilikka moslashishning anatomik-morfologik belgilari yaqqol ko‘zga tashlanib turadi (mayda barglilik yoki barglarning yo‘qligi, tikanlar bilan qoplanganlik, barglarda tuklar mavjudligi va hokazo). Sukkulent o‘simliklar - ularning barglari va poyalari seret va sersuv bo‘ladi, chunki ularda suv zahirasi saqlanadigan to‘qimalar mavjuddir. Yog‘in miqdori ko‘p mavsumda suvni ko‘p miqdorda yig‘ib olib, qurg‘oqchil mavsumda uni tejamkorlik bilan sarflash sukkulent o‘simliklarga xos bo‘lgan eng qimmatli biologik xususiyatdir.
English
Русский
Deutsch
Prev Article